“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida respublika bo‘yicha hafta davomida beqaror ob-havo bo‘ladi.
1 fevraldan 3 fevralgacha O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi,1-2 fevralda kuchli bo‘ladi.
31 yanvar va 1-2 fevral kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati hafta davomida me’yor atrofida bo‘ladi va kechalari 1 daraja sovuq-4 daraja iliqni, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Ertaga, 31 yanvar kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
1-2 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 2-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi