Prezidentning «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasiga ko‘ra, joriy yilda yangi uy-joylar qurish hajmi 2 barobarga oshiriladi, ya’ni 90 mingga yetkaziladi.
Qurilishi rejalashtirilayotgan yangi uylarning 53 tasi «Yangi O‘zbekiston» massivlarida, 161 tasi boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan bunyod etiladi.
Qayd etilishicha, 2022 yilda 44 mingta xonadon qurilib foydalanishga topshirilgan va mazkur hujjat bilan belgilanayotgan choralar amalga oshirilishi natijasida, 2023 yilda quriladigan xonadonlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamida 100 foizga ko‘payadi.
Shuningdek, hujjat loyihasiga ko‘ra:
- 26 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqarolarga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat budjetidan yetarli mablag‘lar yo‘naltiriladi. Natijada, 2023 yilda aholiga ipoteka kreditlari doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga 1 trln so‘m miqdorda subsidiya ajratiladi;
- joriy etilgan aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida mulk huquqi asosida uy-joyga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida «Mening birinchi uyim» dasturi ishlab chiqilib, yo‘lga qo‘yiladi;
- xalqaro va mahalliy fond birjalarida «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hisobiga kompaniyaning ustav fondi 100 mln AQSH dollari ekvivalentiga yetkaziladi. Bunda, ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablag‘lar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtiriladi.Natijada, aholiga qo‘shimcha 3 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat loyihasi muhokamasi joriy yil 6 fevralidan 17 fevraliga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi