11:54 / 20.02.2023
399

Ushbu haftadagi ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Ushbu haftadagi ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi iliq havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi.

Harorat foni nisbatan tekis bo‘ladi. Havo harorati asosan kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq, ayrim kunlarda 20-22 daraja iliqgacha bo‘ladi.

Haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 22 fevral chorshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlar, yeng chekka janub va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Juma kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 24 fevral kuni ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqgacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Dam olish kunlari sovuq va nam havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.

Poytaxtimizda 20-24 fevral kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 fevralda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 3-6 daraja iliq, kunduz kunlari 16-20 daraja iliq, 22 fevralda 14-15 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ushbu haftadagi ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi