Gidrometeorologiya xizmati boshlangan ish haftasida O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
O‘tgan hafta oxirida qisqa muddatga sovuqni olib kelgan sovuq havo massasi O‘zbekiston hududidan shiddat bilan chekinmoqda.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 12-15 daraja iliqgacha isiydi.
28 fevral va 1-2 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim tumanlarida 2 mart kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 2 martda kechasi 27 daraja iliqni, kunduzi 17-22 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 27-28 fevral kunlari qor ko‘chishi xavfi bor.
3 martda respublika hududiga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.
2-3 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring