date

O‘zbekistonda havo harorati keskin o‘zgarishi prognoz qilindi

O‘zbekistonda havo harorati keskin o‘zgarishi prognoz qilindi

«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, 16 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida tunlari havo harorati +5 darajagacha pasayadi.

Kunduz kuni esa +13 +18 darajagacha salqin harorat kutiladi.

Respublikaning markaziy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 14-15 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. 16 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda yesadi, 14 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25°, 16 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Janubiy hududlarda 16 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 13-14 aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo harorati keskin o‘zgarishi prognoz qilindi