ShHT Sammiti kunlari Toshkentda avtomobillar harakati cheklanadi

Ma’lumki, joriy yilning 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi. Sammit oldidan Toshkent shahri o‘zgacha chiroy ochdi. Shahar ko‘chalari obodonlashtirildi, yangi, zamonaviy yo‘llar, inshootlar barpo etildi. Bunday ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yillik to‘yi arafasida bo‘layotgani ham alohida e’tiborga molik.
Shu kunlarda ShHT tadbirlari borasida xalq orasida turli mish-mishlar tarqaldi. Kimdir Toshkentga kirish va chiqish yopilishi haqida gapirsa, kimlarda shahardagi avtotransport yo‘llarida harakat butkul to‘xtatilishini taxmin qilyapti. Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahriga kirish-chiqishning vaqtincha to‘xtatilishi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga nisbatan murojaatini chop etgan edik. Vazirlik Matbuot xizmati ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Sammiti o‘tkaziladigan kunlar avtomobillarning qatnovi to‘xtatilishi bilan bog‘liq gaplarga ham oydinlik kiritdi.
“Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga azo davlatlar rahbarlarining Sammitini o‘tkazish vaqtidagina Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Avtotransport vositalari harakatining cheklanish sanasi xamda vaqti xaqida qo‘shimcha ravishda malumot berib boriladi.
Shu bilan birga poytaxtda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarining buzilishini va yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi holatlarini kamaytirish maqsadida poytaxtda O‘zbekiston Respubliksi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hamda patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan rejalashtirilgan chora-tadbirlarning o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan”, deyiladi IIV xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing