12:09 / 15.05.2023
474

O‘zbekistonda hafta o‘rtalariga borib kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekistonda hafta o‘rtalariga borib kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi
O‘zbekiston hududining katta qismi hafta davomida Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, 15 may kuni respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 33-35 darajani tashkil etadi.
 
Ish haftasining qolgan kunlarida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, 16 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi, ayrim joylarda do‘lga aylanishi mumkin.
 
Harorat foni:
  • 16 may kechasi 18-20 darajani, kunduzi 31-33 darajani tashkil etadi;
  • 17 may kuni kechasi 13-18 daraja bo‘ladi, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi;
  • 18 may kuni kechasi 10-15 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-25 darajagacha bir oz ko‘tariladi;
  • 19 may kuni kechasi 12-17 darajani tashkil etadi, kunduzi 25-30 darajagacha yana bir oz ko‘tariladi.
15-16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
 
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 17-19 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2 000 metrdan yuqorida) 17-19 may kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
 
Toshkent shahrida 15-16 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17-18 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol yo‘nalishi bir ozdan o‘rtachagacha o‘zgarib turadi, chorshanba kuni 12-15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta o‘rtalariga borib kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi