23:13 / 27.07.2023
256

O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar tashkil etish xususiy sektorga o‘tkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar tashkil etish xususiy sektorga o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyevning “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab aholining madaniy hayotini yanada mazmunli tashkil etish, ayniqsa, yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb qilish uchun madaniyat markazlarida:

  • bosqichma-bosqich zamonaviy jihozlangan kutubxonalar va kinoteatrlar tashkil etiladi;
  • musiqa cholg‘uchiligi va ashula ijrochiligi bo‘yicha pullik maxsus kurslarda o‘qitish tizimi joriy etiladi;

Shuningdek, 2024–2026-yillarda xalqaro festivallar, forumlar va respublika darajasidagi madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkaziladi. 

Madaniyat vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar tashkil etish xususiy sektorga o‘tkaziladi