date

O‘zbek kimyogari saratonga qarshi noyob dori vositasini yaratdi

O‘zbek kimyogari saratonga qarshi noyob dori vositasini yaratdi

Olim, kimyo fanlari doktori Zulfiya Mahmudovna Enikeeva dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan saratonga qarshi noyob dori vositasini yaratdi. Ushbu dori vositasi e’tirofga sazovor bo‘lishi uchun 16 yil kerak bo‘ldi.

"U o‘ylab topgan dori vositasi o‘nlab, yuzlab bemorlarga yordam berganidan keyingina Zulfiya Mahmudovnaga professor unvoni berildi. Kimyo fanlari doktori Zulfiya Mahmudovna Enikeeva - men hurmat qiladigan insonlardan biri", - deydi Leyla Nazarova.

Kimyo fanlari doktori, biologiya fanlari doktori, professor Valeriy Tatarskiy ham Enikeeva ishlab chiqqan kimyoviy dori vositalarining tez orada klinik onkologiyada qo‘llanishidan chin dildan xursand ekanini bildirdi.

"Men uzoq yillar davomida Z.M.Enikeeva bilan ilmiy labaratoriyada ish olib bordim va uning moliyaviy hamda tashkiliy muammolarni qanday qat’iylik bilan engishining guvoh bo‘ldim. 2000 yillarning boshida ishlab chiqilgan kimyoviy preparat, nihoyat qo‘llashga targ‘ib qilinmoqda. Zulfiya Mahmudovnaning sharofati bilan ko‘plab onkologik bemorlar muvaffaqiyatli davolanish muolajalarini olishdi. Qadrli Zulfiya, bugungi kunda onkologiya amaliyotida talab katta bo‘lgan intellektual mulkingning amalda tatbiq etilishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman! Sen buyuk insonsan, sen bilan faxrlanaman!", - deya ta’kidlaydi Tatarskiy.

Yurtimizda ana shunday olimlar va o‘z ishining ustalari ko‘payaversin!

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbek kimyogari saratonga qarshi noyob dori vositasini yaratdi