date

20−21 avgust kunlari hashar bo‘lib o‘tadi

20−21 avgust kunlari hashar bo‘lib o‘tadi

20−21 avgust kunlari O‘zbekistonda har yili mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi.

Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi 10 avgustda qabul qilindi, deya xabar berdi «Gazeta.uz".

Hashar mobaynida turar-joy mavzelari, ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgoh va boshqa hududlar obodonlashtirilib, tozalanadi. Ehtiyojmand kishilar va oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish belgilangan.

An’anaga ko‘ra, avgust obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 20−21 avgust kunlari hashar bo‘lib o‘tadi