YPX xodimlari imkon qadar tartib o‘rnatishga, qoidabuzarliklarga qarshi kurashishga harakat qilishmoqda. Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, ular orasida ta’magirlari ham uchrab turadi. Bu haqda «Buxoronoma» gazetasiga asoslanib, telegraf.uz xabar berdi.
Haydovchi Hamza Hamroyev «Shahrizoda Trans Servis» korxonasiga tegishli yuk avtomashinasida yo‘lni ikkiga bo‘lib turgan 2 ta beton to‘siqni buzib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etadi. Viloyat IIB YHXBga bo‘ysunuvchi alohida yo‘l-patrul xizmati otryadi 3-safarbarlik guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori Zubaydillo Yuliev voqea joyiga etib keladi. Haydovchining texnik taloni va haydovchilik guvohnomasini olib qo‘ygan Zubaydillo Yuliev «Shahrizoda Trans Servis» rahbari Jamshid Isomiddinovni ilgaridan taniganligi uchun H.Hamroyevga «Ketavering, hujjatlarni o‘zim olib qo‘yaman», deydi.
Oradan o‘n kun o‘tib, H.Hamroyev Zubaydillo Yulievga uchrashadi. Ammo YPX xodimi unga hujjatlarini qaytarib bermaydi, «Jamshidning o‘zi kelsin» deydi.
Keyinroq Jamshid Isomiddinovga telefon qilib, uyiga bir mashina qum-shag‘al olib borib tashlashni aytadi. Hujjatlarni qaytarish evaziga ta’magirlik qilayotgan Z. Yuliev ustidan H.Hamroyev huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etdi.
Yo‘l-transport hodisasini sodir etganlik holatini hujjatlashtirmasdan, tegishli chora ko‘rmasdan hujjatlarni qaytarib berishga va’dalashgan YPX xodimi Buxoro tumani, «Ko‘chko‘mar» qishloq fuqarolar yig‘ini, Mijona qishlog‘idagi hovlisi oldida 30 tonna, narxi 400 ming so‘mdan iborat shag‘al qurilish materialini pora tariqasida qabul qilib olgani aniqlandi.
Z.Yuliev jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi hukmiga binoan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi tegishli bandlari bilan aybli deb topilib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi