167
Endi yaxshi ishlamagan mansabdorlarning lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
Endi Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KRI) hisoblab boriladi va yil yakuniga ko‘ra «qoniqarsiz» ball to‘plaganlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu borada Prezidentning PF-49-son farmoni qabul qilindi.
Unga muvofiq, yuqorida nazarda tutilgan mansabdor shaxslarning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari, ularga erishish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘z vaqtida va sifatli erishilishini ta’minlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida:
- samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot har chorakda «samaradorlik.uz» elektron platformasiga kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;
- har bir samaradorlik ko‘rsatkichiga belgilanadigan salmoq o‘lchovi yig‘indisidan kelib chiqib, samaradorlik ko‘rsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam bo‘lganda – «qoniqarsiz», 70 foizdan 85 foizgacha – «qoniqarli», 85 foizdan 100 foizgacha – «yaxshi» hamda 100 foiz va undan yuqori bo‘lganda «a’lo» deb baholanadi.
Farmonga ko‘ra, samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishida rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida:
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish to‘lovlari miqdori ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi;
- chorak yakuni bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish natijalari «qoniqarsiz» deb baholangan rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga rag‘batlantirish to‘lovlari kelgusi 3 oy uchun to‘xtatiladi va ularga nisbatan intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi;
Bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik ko‘rsatkichlari asoslantirilgan sabablarga ko‘ra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno. - yil yakuni bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish natijalari «qoniqarsiz» deb baholangan rahbarlar va ularning o‘rinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi