Mustaqillikning 25 yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kuni ko‘chirildi

O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2016 yil 4 sentyabr yakshanba dam olish kuni 2016 yil 2 sentyabr juma kuniga ko‘chirilsin”,—deyiladi qarorda.
Qarorga muvofiq, 2016 yil 4 sentyabr yakshanba kuni ish kuni deb e’lon qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing