Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishi ma’lum qilindi

Mustaqillikning 25 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 4 sentyabr yakshanba dam olish kuni 2 sentyabr juma kuniga ko‘chirilgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur qaror natijasida ko‘pchilikda savollar paydo bo‘lmoqda. “Talabalar qaysi kundan o‘qishga chiqishadi?”, “Birinchi qo‘ng‘iroq qaysi kuni bo‘ladi?”, “Bog‘chalar qaysi kundan ishlashni boshlaydi” va h.k. Ushbu savollarga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberganov izoh berdi, deyiladi "Darakchi" nashrida.
Oliy ta’lim muassasalarida yangi 2016/2017 o‘quv yili 4 sentyabr, yakshanba kunidan boshlanadi. Bu haqida 28 avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi barcha OTM rektorlari va filiallar direktorlariga yo‘llagan №87-04-1393-sonli xatda ma’lum qilingan.
Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ham yangi o‘quv yilining dastlabki kuni 4 sentyabr, yakshanba kuni etib belgilandi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ham 1, 2 va 3 sentyabr kunlari dam olish kuni bo‘ladi va 4 sentyabr, ya’ni yakshanba kunidan ota-onalar o‘z farzandlarini bog‘chalarga olib borishlari mumkin bo‘ladi.
Ishchilarga keladigan bo‘lsak, mazkur qaror 5 kunlik ish haftasiga ham, 6 kunlik ish haftasiga ham taalluqli.
Bu degani 5 kunlik ish haftasida, ya’ni shanba rasman dam olish kuni bo‘lgan tashkilot xodimlari 1, 2, 3 sentyabr kunlari dam olishadi va 4 sentyabr, ya’ni yakshanba kuni ishga chiqishadi.
6 kunlik ish haftasida, ya’ni shanba kuni rasman ish kuni bo‘lgan tashkilot xodimlari 1 va 2 sentyabr kuni dam olishadi, 3 va 4 sentyabr kunlari odatdagidek ishga chiqishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing