
O‘zbekistonda 2024 yilning uch oyida 4 562 jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mahallalarning 7 762 tasida yoki 82,2 foizida jinoyat qayd etilmagan. 1 364 tasi yoki 14,4 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilgan.
Tezkor-qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 4 562 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlangan.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 10 602 nafar shaxsga nisbatan 8 505 jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborilgan.
Bevosita prokuratura organlari tomonidan 2 323 jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 1 960 nafar shaxsga nisbatan 1 288 jinoyat ishi sudlarga yuborilgan, jinoyat oqibatida yetkazilgan 602,5 milliard so‘mlik zarar undirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar