Prezident nomidan Abdulaziz Kamilov TIV xodimlariga mukofotlarni topshirdi

Ayni kunlarda O‘zbekistondagi davlat va jamoat tashkilotlarida Prezident Islom Karimovning farmoni bilan ilg‘or xodimlarga “O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishonini topshirishga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vazirlikning bir guruh xodimlariga “O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti berilgan ma’lumotga asoslanib "Qalampir" nashri xabar berdi.
Qisqa taqdirlash marosimidan keyin mukofatlanganlar o‘z xizmatlarini yuqori baholanganligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi va tez kunda sog‘ayib ketishlarini tilashdi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing