14:21 / 08.04.2024
103

Muzliklarni o‘lchash xizmati rahbari: “Avstriya 45 yildan keyin muzliklarsiz qoladi”

Muzliklarni o‘lchash xizmati rahbari: “Avstriya 45 yildan keyin muzliklarsiz qoladi”
Foto: Getty Images
Avstriya Alp tog‘lari klubi (OeAV) muzliklarni o‘lchash hisobotida so‘nggi ikki yil ichida Avstriyadagi 93 ta muzlikning tez qisqarishi haqida e’lon qilib, mamlakat muzliklari 45 yildan keyin yo‘qolishini taxmin qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Pasterze muzligi 203 metrdan ko‘proqqa qisqargan, bu eng katta ko‘rsatkichlardan biri. Tiroldagi Rettenbaxferner muzligi 127 metr muzni yo‘qotib, ikkinchi o‘rinni egallagan. Jami kuzatilgan 93 ta muzlikdan faqat bittasining maydoni kamaymagan.

"Bir necha o‘n yil ichida Avstriya muzliklari yo‘q bo‘lib ketadi. Balki soyali joylarda qandaydir qoldiqlar qolar. Lekin 40-45 yil ichida Avstriya deyarli muzsiz qoladi", — dedi muzliklarni o‘lchash xizmati rahbari Andreas Kellerer-Pirklbauer Zalsburgdagi matbuot anjumanida jurnalistlarga.

Avstriya Alp klubi a’zosi Gerxard Lieb Avstriya muzliklarini endi saqlab bo‘lmasligini aytgan.

"Avstriya muzliklarining yaqin o‘n yillikda yo‘q bo‘lib ketishini to‘xtatib bo‘lmaydi. Buning oldini olish uchun muzliklarning baland qismlarida qor zaxiralari bo‘lishi kerak. Kelgusi yillarda muzliklar barqarorlashishi va hatto o‘sishi ham mumkin edi. Bu tizimlarga o‘nlab yillar kerak, vaqt esa allaqachon tugagan", — deydi Gerxard.

Mutaxassislarning fikricha, Avstriya muzliklarining saqlanib qolishi butunlay o‘tmishdan qolgan muz zaxiralariga bog‘liq. Muzliklar erishi texnogen iqlim o‘zgarishining eng ko‘zga ko‘ringan belgilaridan biri. Olimlar butun dunyo bo‘ylab muzliklar tezlik bilan qisqarayotganini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Muzliklarni o‘lchash xizmati rahbari: “Avstriya 45 yildan keyin muzliklarsiz qoladi”