14:47 / 08.04.2024
239

“O‘zgidromet” 9 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” 9 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
“O‘zgidromet” 9 aprel, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

- Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 16-18 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tnzlikda esadi.

- Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

- Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

- Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tnzlikda esadi.

- Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

- Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

- Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zgidromet” 9 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi