date

Islom Karimov: “Belingni bog‘la, maydonga chiq!”

Islom Karimov: “Belingni bog‘la, maydonga chiq!”

Avvallari osmono‘par binolar, joningizdan boshqa hamma narsani topsa bo‘ladigan do‘konlar, latta-putta, atir-upaning qadri katta edi. Kinolardagi bashang hayot – hamma narsani hal qiluvchi kuch deb o‘ylardik. Bugun dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan vaziyatni ko‘rib turib, tinchlikdan, farovonlikdan, ozodlikdan ortiq baxt yo‘qligini tushunib etyapmiz.

2010 yilda Yaqin Sharqda boshlangan tartibsizliklar bugungacha o‘z asoratini ko‘rsatmoqda. Ukrainada bo‘lgan voqealar nafaqat Evropa mamlakatlari, balki Osiyo mintaqasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Turkiya, Fransiya, Belgiyadagi ko‘ngilsiz voqealar butun dunyo e’tiborini tortdi. Qo‘shni mamlakatlarda bo‘layotgan teraktlar esa kishini yanada bir bor shukrona keltirishga undadi. Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Yamanda davom etayotgan qirg‘inbarotlar esa butun dunyo ahlini larzaga keltirmoqda. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, dunyoda bo‘layotgan urushlar, portlash va teraktlar, namoyishkorona chiqishlarning ishtirokchilari ham, qurbonlari ham yoshlar bo‘lmoqda. Hali jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ulgurmagan, qaerga etaklasang, o‘sha erga qarab ketaveradigan olamondan foydalanish, uni istagan maqsadga yo‘naltirishdanda oson ish yo‘q, aslida.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgan ilk yillardanoq yoshlar ma’naviyatini, ularning ongini tashqi tahdidlardan asrash, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi g‘arbdan kirib kelayotgan “yangicha g‘oya”lardan himoya qilish masalasiga katta e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan yoshlarning ta’lim olishlari, ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishlariga keng shart-sharoitlar yaratildi. Kadrlar tayyorlash umummilliy dasturi qabul qilindi. 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Minglab maktab, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari barpo etildi, mavjudlari qayta ta’mirlandi. Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari bilan ta’lim sohasida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston yoshlari dunyoning istalgan mamlakatida tahsil olishiga keng yo‘l ochildi.

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yangi avlodga qaratilayotgan e’tibor sabab, bugun yoshlarning jamiyatdagi faolligi kundan-kunga ortib bormoqda. Yosh, iqtidorli, dunyoqarashi keng, bir necha tillarni biladigan, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan yoshlar – Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, yurtning ishonchi, tayanchi, ertangi kundan umidi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart”, deb maqsadni aniq qo‘ydi. Yurtimizda 2000 yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yil – “Ona va bola yili”, 2008 yil – “Yoshlar yili”, 2010 yil – “Barkamol avlod yili”, deb nomlanishi, bu yillarga oid davlat dasturlari ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi tag zamirida ham, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va mislsiz imkoniyatlar yotibdi.

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Islom Karimovning yoshlarga qarata gaplari aytgan gaplari tasvirlangan videolavhalar tarqalyapti. Mazkur tasvirlarda davlat rahbari yoshlardan umidi katta ekani, ularga Vatanning ertasini ishonishi va O‘zbekiston farzandlarini hech kimga, ayniqsa, yurtfurush aqidaparastlar qo‘liga berib qo‘ymasligini ta’kidlaydi. Mazkur videolavhada har bir O‘zbekiston fuqarosi, xususan, yoshlar tegishli xulosa chiqarib, ertangi kun uchun hozirdan tadorik ko‘rsa, ilf-fan cho‘qqilarini egallab, Vatan ravnaqi, yurt istiqboliga o‘z hissasini qo‘shsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.


Manba: Qalampir.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Islom Karimov: “Belingni bog‘la, maydonga chiq!”