O‘zbekistonga xorijiy valyutani olib kirish va mamlakatdan olib chiqish uchun bojxona guvohnomasi bekor qilindi

Markaziy bank va Davlat bojxona qo‘mitasi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish hamda mamlakatdan olib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar bermoqda.
Hozirda O‘zbekiston hududiga barcha toifadagi shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyuta olib kirilishiga cheklov yo‘q, buning uchun faqat yozma deklarasiya to‘ldiriladi. 5 ming AQSh dollari yoki uning ekvivalentidagi boshqa xorijiy valyuta majburiy tariqada bojxona deklarasiyasi bilan o‘tkaziladi. Ushbu summadan yuqori valyutani olib kirish uchun esa bojxona idoralari tomonidan TS-28 shaklidagi guvohnoma taqdim etilgach ruxsat beriladi.
Kiritilgan o‘zgarishlar tufayli mazkur cheklov va TS-28 shakli bekor qilinadi. Ya’ni, O‘zbekistonga xorijiy valyutani olib kirishda deklarasiya to‘ldirish tartibi saqlab qolinadi, lekin TS-28 shakli taqdim etilmaydi. Ushbu o‘zgarishlar xorijiy valyutaning mamlakatdan olib chiqilishiga ham taalluqli. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing