date

Toshkent shahar hokimligining tezkor axboroti

Toshkent shahar hokimligining tezkor axboroti

Avval xabar berilganidek, 2016 yilning 1-sentyabr kuni Toshkent shahrining 12 ta bog‘ va maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari va xalq sayllari bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, ayni bayram kuni Jahon chempionati saralash bosqichining uchinchi davrasi doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Suriya terma jamoalarining uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuv kech soat 20:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanib, unda qariyb 35 mingdan ortiq futbol muxlislarining ishtirok etishini inobatga olgan holda, shuningdek hamshaharlarimizning bog‘ va maydonlardagi bayram sayllaridan o‘z uylariga qaytishlari chog‘ida avtotransport oqimida tirbandliklarning oldini olish maqsadida, qolaversa poytaxtimiz keng jamoatchiligi, ayniqsa nuroniy otaxon va onaxonlar, oqsoqollarning taklif va istaklaridan kelib chiqib, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan mushakbozlik(salyut otish)ning boshqa kunga ko‘chirilganini ma’lum qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahar hokimligining tezkor axboroti