date

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan vidolashuv bo‘lib o‘tdi (+foto, video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan vidolashuv bo‘lib o‘tdi (+foto, video)

Yuz minglab toshkentliklar erta tongdan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni so‘nggi manzilga kuzatish uchun poytaxt ko‘chalariga chiqdi. Bu haqda "Gazeta.uz" nashri xabar bermoqda.

Davlat rahbari bo‘lgan kortej Toshkent ko‘chalaridan odatdagi yo‘nalish bo‘ylab Samarqandga, ko‘mish joyiga samolyotda uchib ketish uchun aeroport tomonga so‘nggi bor yo‘l oldi.

Yoshu keksalar, talaba va o‘qituvchilar, ishchi va xizmatchilar qo‘lida gul, ko‘zida yosh bilan davlat rahbari bilan vidolashib, uni so‘nggi manzil tomon kuzatib qoldi.

Kortejni kutayotganlarning qalbida Birinchi Prezident nomi bilan bog‘liq eng yaxshi xotiralar g‘ujg‘on o‘ynagan bo‘lsa ajab emas.

Nihoyat kortej paydo bo‘ldi. Avtomobillar ostiga gullar otildi. Kortej ko‘chalar bo‘ylab barchaga so‘nggi vidolashuv so‘zlarini aytib olishi uchun imkon yaratgandek juda sekinlik bilan harakatlanib borardi.

Vidolashuvda tushirilgan rasmlar:


























Video
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan vidolashuv bo‘lib o‘tdi (+foto, video)