ShHT bosh qarorgohida bayroqlar tushirildi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Pekin shahrida joylashgan asosiy ma’muriy organi — Kotibiyatda O‘zbekiston hukumati va xalqiga hamdardlik va birdamlik bilgisi sifatida tashkilotga a’zo davlatlar bayroqlari tushirildi. Bu haqda ShHT Kotibiyati saytiga asoslanib "Gazeta.uz" xabar berdi.
3 sentyabrdan O‘zbekistonda Birinchi Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi.
«Islom Abdug‘anievich Karimov — suveren O‘zbekiston Respublikasi asoschisi va uning xalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir. U Shanxay hamkorlik tashkilotining vujudga kelishida ishtirok etganlardan biri edi uning olg‘a rivojlanishida ulkan hissasini qo‘shdi. Tashkilotning yangi turdagi nufuzli va ta’sirli xalqaro birlashmaga aylanishida uning xizmatlari ulkan», — deyiladi ShHT Kotibiyati xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing