14:01 / 14.09.2016
8 483

Paxta tolasini sotish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Paxta tolasini sotish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 avgustidagi qaroriga muvofiq, paxta tolasini eksport qilish va respublikadagi korxonalarga etkazib berishni «O‘zpaxtaeksport» AJ erkin almashtiriladigan valyutada bajarishi belgilandi. Shartnomalar, bevosita yoki Respublika tovar, xom-ashyo birjasi orqali tuzilishi mumkin. Bunda, paxta tolasi etishtirish va uni etkazib berish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash e’tiborga olinishi kerak, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Paxta tolasini saqlash va eksport qilish, mahalliy korxonalarga yuborish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi. Xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari aynan o‘sha erda paxta tolasining sifati hamda vaznini aniqlab, qabul qilib olishlari mumkin.

Hujjatga ko‘ra:
- Paxta tolasini sotish va «O‘zpaxtaeksport» AJning «O‘zpaxtasanoat» AJ hududiy shaxobchalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi;
- Paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi tovar, xom-ashyo birjasi savdolari orqali respublika korxonalari va eksportga sotish tartibi to‘g‘risidagi;
- Paxta tolasining vaznini aniqlash va sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi qoidalar tasdiqlangan.

Hujjatda shuningdek, «O‘zpaxtaeksport» AJning yangilangan terminallari ro‘yxati tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Paxta tolasini sotish tartibiga o‘zgartirish kiritildi