15:38 / 14.09.2016
15 856

O‘zbekistonda dronlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda dronlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik va davlat aviasiyasida dronlar (uchuvchisiz uchar qurilmalar) ekspluatasiyasi tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga ko‘ra, 2015 yilning 1 yanvaridan dronlarni (kod TN VED 8802 20 000 0) O‘zbekiston hududiga olib kirish, ularni sotish yoki foydalanish to‘liq taqiqlangan. 2016 yilning may oyidan esa Hukumat dronlar importi, sotilishi va uchirilishiga alohida qarorlar asosida ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Yangi hujjat o‘yinchoqlar, aviamodellar va dronlar o‘rtasidagi farqni belgilab beradi.

Fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanuvchi, vazni 250 grammdan og‘ir bo‘lmagan, TN VED 8802 20 000 0 kodiga to‘g‘ri kelmaydigan, parvozni avtonom boshqarish va navigasiya funksiyalarisiz, foto va videouskunalar bilan jihozlanmagan uchar qurilma havo kemasining o‘yinchoq modeli sifatida tan olinadi. O‘yinchoq modellarni havo kengligida qo‘llash uchun ruxsat so‘rash talab qilinmaydi. Havo kemasining o‘yinchoq modellari parvozi 50 metrgacha bo‘lgan balandlikda, aerodromlar hududidan 150 metrdan yaqin bo‘lmagan masofada, odamlarga xavf tug‘dirmaydigan joyda, uchar qurilmani nazoratdan qochirmagan holatda amalga oshiriladi.

O‘yinchoq bilan aviamodelni adashtirmang, aviamodel - vazni 250 grammdan ortiq, parvozni avtonom boshqarish va navigasiya funksiyasisiz, foto va videouskunalar bilan jihozlanmagan, o‘quv, sport hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, texnik ijod rivoji uchun mo‘ljallangan. Aviamodellar parvozi havo kemalari parvozi uchun maxsus hududlarda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

O‘yinchoq va aviamodel tavsifiga tushmagan har qanday havo kemasi dron, ya’ni uchuvchisiz uchar qurilma hisoblanadi.

Dronlar ekspluatasiyasini yo‘lga qo‘yish uchun dastlab radioelektron vositalaridan foydalanishga ruxsat olish kerak bo‘ladi, zero dronlar bunday vositalar bilan jihozlangan bo‘ladi.

Dronlar ekspluatasiyasi O‘zbekiston Respublikasining parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dronlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi