Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida O‘zbekiston Respublikasi nomidan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etadi. Bu haqda "Kun" nashri ma’lum qildi.
Isakovning aytishicha, O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev mamlakatning ichki ishlari bilan bandligi tufayli sammitga bora olmasligini bildirgan.
«Biz undan yaqindagina maktub oldik. O‘zbekiston hozirda prezidentlik saylovlariga tayyorlanmoqda. Bu hech o‘zaro munosabatlar holati bilan bog‘liq emas. Qolaversa, Sooronbay Jeenbekov va Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi. Bizning munosabatlarimiz yomonlashmagan», – degan Isakov.
U shuningdek, 12 sentyabr kuni Turkmaniston tomoni tashabbusi bilan Qirg‘iziston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqot qilgani haqida aytib o‘tgan.
«Turkmaniston prezidenti ham konstitusiya bilan bog‘liq muhim marosimlar tufayli kela olmasligini bildirdi», – degan u.
Sammitda Turkmaniston nomidan vazirlar mahkamasi rahbarining o‘rinbosari ishtirok etadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishi 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Sammitda Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari ishtirok etishi tasdiqlangan.
Bishkekdagi sammitda Moldovadan bosh vazir, Ukraina nomidan esa elchi qatnashadi.
MDHning yubiley sammitida 15ta masala muhokama qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi