
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi. Shu haqdagi qonunni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan.
Unga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi:
- chet davlatda harbiy xizmat, xavfsizlik xizmati, polisiya, adliya idoralari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirsa;
- chet elda uch yil ichida uzrsiz O‘zbekiston konsulligi hisobida turmasa;
- O‘zbekiston fuqaroligini soxta hujjatlar yoki yolg‘on ma’lumotlar asosida olgan bo‘lsa;
- chet davlat foydasini ko‘zlash, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazsa;
- xorijiy davlat fuqaroligini olsa, (bunda, u 1 oy muddat ichida O‘zbekiston IIV idoralari yoki xorijdagi konsulligiga fuqaroligini o‘zgartirganini ma’lum qilishi shart) O‘zbekiston respublikasi fuqaroligidan mahrum etiladi.
Shu bilan birga, Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasiga kiritilgan 5-qismga ko‘ra, chet el fuqarosi mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan farzandlikka olinsa, o‘z fuqaroligidan chiqqan taqdirdagina, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinadi.
Manba: Kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar