19:47 / 26.09.2024
90

O‘zbekistonda pensiya tizimi isloh qilinadi

O‘zbekistonda pensiya tizimi isloh qilinadi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlashga ma’sul ishchi guruh tashkil etildi.

Ishchi guruhga bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov rahbarlik qiladi. Guruh tarkibidan iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, soliq qo‘mitasi raisi, adliya vaziri o‘rinbosarlari va Prezident administratsiyasi ikki mas’ul xodimi o‘rin oldi.

2025 yil 1 martta qadar ishchi guruh davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishi va kiritishi lozim.

Ishchi guruhga belgilangan vazifalarni amalga oshirishda vazirlik va idoralar, ilmiy va ta’lim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy ekspert va maslahatchilarni jalb qilish huquqi beriladi.

2024 yilning iyun oyida Strategik islohotlar agentligi tomonidan mamlakatda pensiya tizimini isloh qilish taklif etilgandi. Xususan, pensiya tayinlash shartlarini, pensiya yoshini umr davomiyligiga moslab qayta ko‘rib chiqishni taklif qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda pensiya tizimi isloh qilinadi