Janubiy Koreya hukumati «Toshkent» xalqaro aeroportining yangi terminali qurilishi uchun 250 mln dollar taqdim etadi. 29 sentyabr kuni Toshkent va Seul vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda yangi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamjihatlik haqida memorandum imzolandi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.
Seuldagi ikki mamlakat moliya vazirlari muzokaralarida Rustam Azimov va Yu Il Xo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va Janubiy Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Toshkent Aeroportida yangi xalqaro yo‘lovchi terminali qurilishi bo‘yicha loyiha qiymati 350 million dollarni tashkil qilib, shundan 250 mln dollar Seul tomonidan ajratilsa, O‘zbekiston hukumati 100 million dollar ajratadi.
Loyiha keyingi 3 yil davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi terminal maydoni 87 ming kvadrat metrni tashkil etadi, u soatiga 1,5 ming, yiliga 5,7 million nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.
«Toshkent-4»da 36 samolyot uchun perron, 1,7 ming avtomobil uchun avtoturargoh bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq yangi terminalning qurilishi 2016 yildan boshlanishi, qurilish-montaj ishlari 2019 yil oxiriga qadar yakunlanishi haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi