Foto: Adobe Stock
Qozog‘istonda 2023 yilda 130 tonna, O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olingan. AQSH Geologiya xizmati shunday ma’lumot berdi.
Qozog‘istonda qazib olish hajmi 2022 yilga nisbatan 15 tonnaga ko‘paygan, O‘zbekistonda esa 4 tonnaga kamaygan. Rossiyada 310 tonna oltin qazib olinib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga mos keladi.
Umuman olganda, 2023 yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022 yilga nisbatan 60 tonna kam.
Qirg‘izistonda oltin qazib olish hajmi bo‘yicha so‘nggi baholashni AQSH Geologiya xizmati hali e’lon qilmagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Qirg‘izistonda 25,3 tonna oltin qazib olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi