09:51 / 09.10.2016
10 152

Hoji onaning Sh. Mirziyovga murojaati «Iltimosimni inobatga olsangiz qiyomatgacha sizdan rozi ketaman»

Hoji onaning Sh. Mirziyovga murojaati «Iltimosimni inobatga olsangiz qiyomatgacha sizdan rozi ketaman»

Sizning qutlug‘ shaharchamiz Xovosga kelganingizni eshitib boshim osmonga etdi. Xovos – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ zotlar poyi qadami etgan joydir. Sizning bu erga kelib, uysizlarga uy, ishsizlarga zavod qurib beraman degan va’dalaringizni eshitib, boshim yanada osmon bo‘ldi. Albatta, Olloh faqir-miskinlarning boshini silaganlar tarafidadir. Albatta, Olloh kambag‘allarga silai-rahm qilganlar tarafidadir. Siz Ollohning yordamga muhtoj bandalari tarafida ekansiz, biz sizning tarafingizdamiz. Hamisha sizni qo‘llab-quvvatlaymiz va sizga ovoz beramiz !
Shovkatjon o‘g‘lim !
90 yoshga kirgan Zulayho xoji onangizni arzu-dodiga quloq solishingizni yolvorib so‘rayman. Aziz xalqimizning boshidan “oilani planlashtirish” degan tamg‘ani olib tashlashingizni bir mushtipar ona sifatida o‘tinib so‘rayman. Axir Rizq – Ollohdan-ku ! Har bir farzand dunyoga kelar ekan, o‘z rizqi bilan tug‘iladi. Yosh-yosh kelinchaklarning qornidan qanchadan-qancha begunoh go‘daklarni olib tashlashdi. To‘rt litr moy, o‘nta kir sovun beraman deb, aldab avrab ayollarni bachadonlarini yulib olishdi. Ikkitadan ortiq, uchtadan ortiq tug‘maslikni shart qilishdi. Tug‘ishni ta’qiqlashdi. Shu adolatdanmi ? Axir O‘zbekistonimizning eri boy, aholisi esa kam-ku? Axir Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: “ Ko‘payinglar, men qiyomat kuni ko‘pligingiz bilan faxrlanaman” degan edilar-ku ?
Sizni hamisha mard, mehnatkash va xalqparvarligingizni eshitib kelaman va bir onaizor sifatida bundan faxrlanaman. Iloho, elimizning sizday fidoiy farzandlari ko‘paysin. O‘zbekistonning dovrug‘ini dunyoga yoysin ! O‘zbek farzandlari o‘z onalariga, ayollariga mehribonligi bilan dunyoda nom qozonsin, mardligi, donishmandligi, xalqparvarligi bilan shuhrat qozonsin.
Agar shu iltimosimni, yolvorishlarimni inobatga olsangiz, to qiyomatgacha sizdan rozi ketaman, sizni duo qilaman.
Men Sizga ishonaman !
Sizning mehribonligingizga, sizning mardligingizga, onalarni boshingizga ko‘tarishingizga ishonaman. O‘zbekiston siz bilan gullab yashnashiga ishonaman. Men sizga ovoz beraman !
Sizni o‘g‘lim deya bag‘riga bosguvchi Zulayho xoji onangiz.
Sirdaryo viloyati, Xovos shaharchasi


Hoji onaning Sh. Mirziyoyevga murojaatini Shoir Muhammad Ismoil o‘z sahifasida e’lon qildi.

Tahririyatdan: O‘zbekiston siyosati va qonunchiligida “oilani planlashtirish” tushunchasiga oid ma’lumotlar yo‘q va farzand ko‘rishga cheklovlar ham mavjud emas. Davlatimiz siyosati yoshlarni qo‘llab quvatlab ularni ham ma’nan va jismonan sog‘lom o‘sishini ta’minlovchi siyosatni olg‘a suradi.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hoji onaning Sh. Mirziyovga murojaati «Iltimosimni inobatga olsangiz qiyomatgacha sizdan rozi ketaman»