Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonun bilan O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati”ga kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni ro‘yxatga kiritish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston hududiga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerak.
Agar ro‘yxatga kiritilgan, nomaqbul deb topilgan shaxs ko‘rsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketmasa, mazkur shaxs deportatsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi