10 358
Mirziyoyevga «propiska» va ichki-ishlar organlarining noqonuniy xarakati masalasi bilan ham murojaat etishdi
O‘zbekiston axborot agentligi muxbiri Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov bilan Bosh Vazirning virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar haqida suhbatlashdi.
Ilhom Turdievning ma’lum qilishicha har bir murojaat e’tiborda.
«Virtual qabulxona orqali Ichki ishlar vazirligiga jami 3,5 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Murojaatlarning 80 foizdan ortig‘i Toshkent shahri hamda Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, murojaatlarning ma’lum qismini ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan, fuqarolarga nisbatan sodir etilgan o‘g‘irlik, firibgarlik, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, profilaktika inspektorlari faoliyati yo‘nalishida, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash hamda shu kabi boshqa masalalar tashkil etayotir.
Ichki ishlar organlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bog‘liq murojaatlar hamda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)dan kelgan har bir ariza va shikoyat vazirlik rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan. Biroq ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, hanuzgacha murojaatlar bilan ishlashda xodimlarimiz tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari mavjud. Jumladan, ariza va shikoyatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqmaslik, arizachiga tekshiruv va ko‘rib chiqilgan holat yuzasidan asoslantirilgan javob xatlarini yubormaslik, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga amal qilmaslik kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish davrida Ichki ishlar vazirligining ichki idoraviy nazorat tizimi orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda. O‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan har qanday salbiy holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, aybdor xodim va uning rahbarlariga tegishli choralar ko‘rilayotir. 2016 yilning 9 oyida murojaatlar bilan ishlash jarayonida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun 200 nafardan ortiq ichki ishlar organlari xodimi turli intizomiy javobgarlikka tortildi.» -deb javob qildi Ilhom Turg‘unov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi