Slovakiyaning Hospodárske noviny iqtisodiy gazetasida "O‘zbekistonda aholi soni oshmoqda" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Maqola gazetaning xalqaro yangiliklar bo‘limi bosh muharriri, 27 oktyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida xorijiy OAV vakili sifatida ishtirok etgan jurnalist Pavel Novotni tomonidan yozilgan. Unda O‘zbekistondagi demografik rivojlanish holati, yoshlarga sifatli ta’lim berish va malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan islohotlar qalamga olingan.
Muallif O‘zbekiston aholisi har yili 700 mingdan ortiq kishiga ortayotganini, aholining 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini ta’kidlagan. Qayd etilishicha, yoshlarni malakali kadrlar sifatida tarbiyalash O‘zbekiston hukumatining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
"Ta’lim mamlakat rivojlanishi yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biridir. O‘zbekiston Hukumati bolalarning maktabga muntazam qatnashishini doimiy ravishda nazorat qiladi. Agar farzandlari darslarini qoldirsa, ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunday qat’iy choralar o‘z natijalarini bermoqda. Ya’ni bolalarning 98 foizi maktabga muntazam qatnaydi", – deyilgan nashrda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston yoshlari uchun ta’lim olishga yaratilgan imkoniyatlarning keng doirasi sanoatning turli sohalarida ish olib borayotgan xorijiy kompaniyalar uchun ham katta imtiyozdir. Toshkentning o‘zida 40 dan ortiq turli oliy ta’lim muassasalari mavjud. Jumladan, Xalqaro Vestminster universiteti, Vebster universiteti, Turin politexnika universiteti kabi nufuzli jahon ta’lim brendlarining filiallari faoliyat yuritayotgani xorijlik investorlar uchun mahalliy korxonalariga yetarlicha malakali ishchi kuchini jalb qilish imkonini beradi.
Shuningdek, materialda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar investorlar oqimi ko‘payishiga katta hissa qo‘shgani urg‘ulangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”