Foto: IHMM
3 dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi axborot-resurs markazi negizida Inson huquqlari uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Gazeta.uz.
Xabarda ta’kidlanishicha, yangi ma’rifat markazi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan.
«Inson huquqlari uyi» — inson huquqlari bo‘yicha faoliyatni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan ixtisoslashtirilgan platforma, ya’ni «inson huquqlari ma’rifati maydoni». Bu yerda, jumladan, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, sharhlar va tahliliy hisobotlarning zamonaviy kutubxonasi shakllantiriladi.
Ochilish marosimi ikki muhim sana — 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni va 10 dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni doirasida tashkil etildi.
Taqdimotda 100 ga yaqin kishi, jumladan, faoliyati inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”