13:51 / 02.12.2024
25

O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi

O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi
O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi va xizmat faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 29 noyabr kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonun bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekiston Qurolli kuchlari jangovar salohiyati oshirilishini aytgandi.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari

Qurolli kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Ular qatoriga qonuniylik va huquqtartibotni muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi idoralar, ya’ni prokuratura, ichki ishlar organlari, Adliya vazirligi, DXX, sudlar, Ombusdman kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi