Foto: Prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Hududlar iqtisodiyotiga e’tibor natijasida Farg‘onada ham imkoniyatlar yuzaga chiqmoqda. So‘nggi 7 yilda sanoat korxonalari qariyb 3 barobar ko‘payib, 13 mingtaga yetgan. Investitsiya loyihalari natijasida 116 mingta ish o‘rni yaratilgan.
Davlatimiz rahbarining shu yil iyul oyidagi tashrifi iqtisodiyot rivojiga yangi sur’at bag‘ishladi. Bu yil 10 oyda xorijiy investitsiyalar hajmi 1,5 milliard dollarni, eksport ko‘rsatkichi 910 million dollarni tashkil qildi.
Endi buni kelgusi yilda ham davom ettirib, investitsiya, ish o‘rni va eksportni ko‘paytirish zarur. Yig‘ilishda Prezident bu boradagi imkoniyatlardan ayrimlarini ko‘rsatib o‘tdi.
Yaqinda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy shahri hisobidan 210 gektarga kengaytirildi. Bu hududda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 185 ta loyihani joylashtirib, qariyb 12 mingta ish o‘rni yaratish mumkin. Shuningdek, Qo‘qonda 71 gektarda texnopark tashkil etilishi birinchi bosqichda 900 million dollarlik, 5 ming ishchilik korxonalarga yo‘l ochadi.
Xitoylik ishbilarmonlar bilan 1 milliard dollarlik, Janubiy Koreya bilan 240 million dollarlik investitsiyaviy kelishuvlarga erishilgan. Ularni amalga oshirish uchun viloyat tuman va shaharlarida 1 ming 210 gektarda sanoat zonalari tashkil qilishga zarurat bor. Bo‘lajak korxonalarda 30 ming kishi, jumladan, kambag‘al oila vakillari ish bilan ta’minlanadi.
Beshariq tumanida savdo-logistika markazi qurilishi boshlangan. U, xuddi Termizdagidek, erkin savdo zonasiga aylantirilib, do‘konlar tadbirkorlarga ijaraga beriladi. Buning samarasida viloyat eksporti qo‘shimcha 50 million dollarga, ish o‘rinlari esa 2 mingga ko‘payadi. Shunday majmuani Quvasoy shahrida ham barpo etish mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ham katta imkoniyatlar bor. Farg‘onada aholi ixtiyorida, yo‘l va dala chetlarida, suv va o‘rmon fondida jami 91 ming gektar yer mavjud. Ulardan unumli foydalanib, mahsulotlarni hamda qayta ishlashni ko‘paytirish zarur.
Masalan, Farg‘ona tumanidagi 15 ta mahallada yiliga 6 ming tonna malina yetishtiriladi. Ularga yaqin hududdan yer berilsa, tadbirkor malinani saqlash, qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yib, qo‘shilgan qiymatni 2,5 karra oshirish taklifini bildirgan. Boshqa bir tashabbuskor So‘xdagi o‘rmon yerini ijaraga olib, 800 gektarda kavrak, 50 gektarda za’faron yetishtirmoqchi.
Oltiariqdagi ikkita nasos stansiyasiga 9 kilometr quvur tortib, quvvatini oshirish orqali 1 ming 400 gektarda intensiv bog‘ qilsa bo‘ladi. Unda qo‘shimcha 55 ming tonna eksportbop meva yetishtiriladi.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi. Xususan, kelgusi yilda 3,7 milliard dollar investitsiya olib kelish, eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan. 500 ming fuqaroning bandligini ta’minlash, 22 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifa qilib olingan.
Davlatimiz rahbari bu takliflarni takomillashtirib, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha qaror tayyorlashga ko‘rsatma berdi. Eksportchilarga barcha qulayliklarni yaratish, bandlikka ko‘maklashib, ishsizlikni kamaytirish zarurligi ta’kidlandi. Hokimlar va boshqa mutasaddilarning bu boradagi mas’uliyatini oshirish shartligi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Koreyadagi harbiy holat: hozirgacha nimalar ma’lum?
Andijonda ikki firibgar yigirmadan ortiq ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirdi
Suriyadagi isyon: hukumat qo‘shini Halabdan chekindi, Rossiya aviatsiyasi shaharni bombalamoqda
Abdurauf Fitratning qamoqdagi xotini...
AQSH yadro qurolini Ukrainaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti