13:21 / 15.10.2016
13 414

Rustam Azimov: «O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmaydi ham»

Rustam Azimov: «O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmaydi ham»

Toshkentda o‘tkazilgan investision forumdagi chiqishida Respublikamiz bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov O‘zbekistonda alohida aholi guruhlarining o‘ta boyib ketishiga hukumat tomonidan ijozat berilmasligini ta’kidladi, deb yozadi mulohaza.uz cayti.

“O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmaydi ham. Mamlakatda barqaror daromadli byudjetni ta’minlovchi yuqori tempda rivojlanuvchi ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturaga asoslangan umum iqtisodiy asoslarga tayangan mustahkam o‘rta qatlam shakllangan”, — dedi Azimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yil davomida daromad tengsizligning umum qabul qilingan ko‘rsatgichi – Jin indeksi 0,4 dan 0,29ga pasayishiga erishilgan. Rustam Azimovning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich aholi orasida barqarorlikning ta’minlanishi va ijtimoiy xotirjamlik asosi hisoblanadi. “O‘zbekistonda qatlamlarga ajralish, aholi orasida ziddiyat va kelishmovchiliklar yo‘q”, — deb qo‘shib qo‘ydi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz mazkur ma’lumotni ommalashtirgan sayt qaysi sana va yildagi Toshkentda o‘tgan investision forumni nazarda tutganini aniq ko‘rsatmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rustam Azimov: «O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmaydi ham»