So‘nggi bir asrdagi eng qahraton qish kirib kelishi bashorat qilinmoqda


Nemis meteorologi Dominik Yung bashoratiga qaraganda, kelayotgan qish so‘nggi yuz yillikdagi harorat rekordini yangilaydi. Olimning aytishicha, qish faslida oftob deyarli ko‘rinmaydi, yanvar va fevral oylari kuchli sovuq bilan kechadi.
AccuWeather markazidagi Yungning hamkasbi Jo Bastardi bu bashoratni tasdiqlaydi va 2016-2017 yilning qishida Evropaga Arktikaning havo massalari kelishini aytmoqda. “Bu havo massalari harakat tartibining buzilishi bilan bog‘liq”, deb izohlaydi Bastardi.
Evropaliklar uchun bu unchalik quvonchli xabar emas. Chunki qish nafaqat qattiq sovuq, balki uzun kelishi ham aytilmoqda. Bahor kechikib 2017 yilning aprelidan boshlanadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…