14:32 / 01.01.2025
173

“Oʻzgidromet” 2 yanvarda qaysi hududlarda qor yogʻishi mumkinligini ma'lum qildi

“Oʻzgidromet” 2 yanvarda qaysi hududlarda qor yogʻishi mumkinligini ma'lum qildi
“Oʻzgidromet” 2025 yil 2 yanvar kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Navoiy viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduz 0-5 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq boʻladi.

Prognozlarga koʻra, Oʻzbekiston hududi boʻyicha 2025 yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston