O‘zbekiston Mudofaa vazirligining vertolyoti noqulay ob-havo sharoitlari tufayli qulagan bo‘lishi mumkin, so‘nggi bir necha kun davomida Farg‘ona viloyatida havo keskin o‘zgargan, deb xabar berdi Diydoraziz.uz nashri.
Ob-havo ma’lumotlarida 18 oktyabr kuni Farg‘ona vodiysida vaqti-vaqti bilan qorga aylanadigan shiddatli yomg‘ir yog‘ishi aytilgan. Bundan tashqari, shamol tezligi ayrim tumanlarda soniyasiga 15-20 metrga etishi aytilgan.
«Mudofaa vazirligi vertolyoti rejali uchishni amalga oshirgan. Baxtsiz hodisa ob-havo sharoiti o‘ta ekstremal bo‘lgan tog‘li hududda ro‘y bergan bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidlaydi nashr.
Aviahalokat sabablarini o‘rganish uchun tuzilgan maxsus komissiya versiyasiga ko‘ra, baxtsiz hodisa texnik nosozlik yoxud uchuvchi xatosi tufayli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyot Farg‘ona vodiysida halokatga uchragan edi. Halok bo‘lgan to‘qqiz kishi dan olti nafari harbiylar bo‘lgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi