Xalqaro IQ reyestri dunyoning turli mamlakatlaridagi oʻrtacha IQ (Intelligence quotient, intellekt koeffitsiyenti – inson aql darajasining miqdoriy bahosi) ma'lumotlarini e'lon qildi.
Birinchi oʻrin 107,43 ball bilan Xitoyga nasib etgan boʻlsa, Oʻzbekiston 96,98 ball bilan roʻyxatdagi 127 davlat ichida 69-oʻrinni egalladi. Dunyo boʻyicha oʻrtacha IQ 100 ballni tashkil qiladi.
Reyting mualliflari ta'kidlashicha, tadqiqot 2024 yilda ushbu saytda bir xil testdan oʻtgan butun dunyo boʻylab 1,4 mln kishi ma'lumotlariga asoslangan. Ba'zi mamlakatlar ma'lumotlar yoʻqligi sababli kiritilmagan. Reyting har yili 1 yanvarda yangilanadi.
«Mamlakatlar boʻyicha oʻrtacha IQ Sharqiy Osiyoda yuqoriroq. Oʻrtachaga yaqin - Evropa, Gʻarbiy Osiyo, Okeaniya, Shimoliy Amerika va Shimoliy Afrikada. Markaziy va Janubiy Afrika hamda Lotin Amerikasida oʻrtachadan past», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, test sinovida Oʻzbekistondan 8986 kishi ishtirok etgan. Oʻtgan yili bu koʻrsatkich 94,81 ballga teng edi, bu yil 2,17 ga oshgan.
Kuchli uchlikka Xitoy (107,43), Eron (106,63) va Janubiy Koreya (106,57) kirdi. Gabon 85,56 ball bilan soʻnggi oʻrinni egalladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozogʻiston 66-oʻrinda (97,27), Qirgʻiziston 84-oʻrinda (95,0), Tojikiston 96-oʻrinda (93,75), Turkmaniston haqida ma'lumot yoʻq.
Tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, mamlakatdagi oʻrtacha IQ miqdoriga quyidagilar ta'sir qiladi:
- Yuqumli kasalliklar: 2010 yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yuqumli kasalliklar darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda odatda IQ miqdori past boʻlgan aholi yashaydi. Ushbu kasalliklar kognitiv rivojlanishga salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin. Afrika yuqumli kasalliklardan eng koʻp zarar koʻrgan qit'adir.
- Ovqatlanish odatlari: 2025 yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yaxshi ovqatlanish odatiga ega boʻlgan bolalar boshqa bolalarga qaraganda yuqori IQ miqdoriga ega.
- Intellektual faoliyat: 2022 yilgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, muntazam ravishda shaxmat oʻynash bolalarning IQ darajasini oshirishi mumkin. 1962 yildagi yana bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ikki tilda soʻzlashadigan bolalar faqat bir tilda gapiradigan bolalarga qaraganda IQ testida yuqori ball olgan.
- Genetika: 2013 yilda mingdan ortiq egizaklar ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, IQ 50-80 foiz genetika bilan belgilanadi.
Xulosa qilinishicha, sogʻlom ovqatlanish odatlarini targʻib qiluvchi va oʻz fuqarolarini intellektual ragʻbatlantiruvchi faoliyat bilan shugʻullanishga undaydigan, sogʻliqni saqlash tizimi yaxshi rivojlangan mamlakatlarda oʻrtacha IQ darajasi yuqori boʻlgan aholi yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Qozogʻistonda AZAL yoʻlovchilarini qutqarishda ishtirok etgan 19 kishiga davlat mukofotlari topshirildi
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng koʻp tarqalgan OʻRVIga aylandi
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Oʻzbekistonliklar uchun Tailandga uzoq muddatli vizani onlayn olish imkoniyati paydo boʻldi
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar