“Oʻzgidromet” 8 yanvar, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, kechasi bir oz qor yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.
Oʻzbekiston hududiga 7 yanvar, seshanba kunidan Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlandi. Prognozlarga koʻra, Oʻzbekiston hududi boʻyicha 2025 yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti. Havo harorati yanvar oyi boshi uchun boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng koʻp tarqalgan OʻRVIga aylandi
Haydovchisiz taksi manziliga etib kelgan yoʻlovchini tushirishni «xohlamadi»...
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
“Kalmar oʻyini”dagi doira, uchburchak va kvadratlar nimani anglatadi?
Qozogʻistonda AZAL yoʻlovchilarini qutqarishda ishtirok etgan 19 kishiga davlat mukofotlari topshirildi