18:00 / 13.01.2025
52

Xotin-qizlar davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlanadi

Xotin-qizlar davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlanadi
2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Unga koʻra, davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimi yaratiladi.

Iqtidorli xotin-qizlar orasida “Rahbar ayollar maktabi”ga qabul doirasida maqsadli tanlovlar e'lon qilinib, 100 nafar xotin-qizlarning maxsus oʻquv dasturi asosida boshqaruvga oid koʻnikmalari oshiriladi.

Onlayn oʻquvlar orqali 20 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bilimlari va kasbiy koʻnikmalari oshiriladi.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlik lavozimlari uchun kompetentsiya modeli hamda professional kompetentsiyalarini baholash tizimi joriy etiladi.

Yuqori, oʻrta va quyi boʻgʻin rahbarlarining namunaviy professional kompetentsiyalari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Rahbar kadrlarni baholash markazida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlik lavozimlaridagi shaxslar, shu jumladan zaxiradagilarning professional kompetentsiyalari bosqichma-bosqich baholashdan (diagnostikadan) oʻtkaziladi.

Diagnostika natijalariga koʻra xodimlarning kasbiy rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi va amalga oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston