11:36 / 15.01.2025
94

Oʻzbekiston BAA bilan “quruq” portlar barpo etish boʻyicha hamkorlik qiladi

Oʻzbekiston BAA bilan “quruq” portlar barpo etish boʻyicha hamkorlik qiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari investitsiyalar vaziri, ADQ holdingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boshchiligidagi ushbu mamlakat etakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda AD Ports Group kompaniyasi rahbari Muhammad Juma al-Shamisiy, Tadweer rahbari Ali al-Daheriy, Plenary Group rahbari Mustafo Faxur va DUCAB rahbari Muhammad al-Kurashiy ishtirok etdi.

Ushbu kompaniyalar oʻz sohalarida jahon etakchilaridan biri boʻlib, ularning jami aktivlari 200 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

Yuqori texnologik tarmoqlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya portfelini kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

BAA bilan iqtisodiyotning turli yoʻnalishlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Investitsiyalarni ilgari surish, sanoat va ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Har bir kompaniya bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha navbatdagi qadamlar belgilandi. Infratuzilmani rivojlantirish, shaharsozlik, energetika, transport va logistika, togʻ-kon sanoati, elektrotexnika, kommunal xoʻjaligi va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalar haqida soʻz yuritildi.

Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, nodir metall konlarini oʻzlashtirish, mintaqaviy temir yoʻllarni rivojlantirish va "quruq" portlar barpo etish, kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish, ta'lim va tibbiyot sohalarida DXSh loyihalarini ilgari surish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston