15:57 / 28.10.2016
15 925

Sh.Mirziyoyev boshqaruvi ostida 50 kun. Nima o‘zgardi?

Sh.Mirziyoyev boshqaruvi ostida 50 kun. Nima o‘zgardi?

Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajarayotganiga bugun naqd 50 kun bo‘ldi.

Xo‘sh nima o‘zgardi?

O‘zgarishlar katta va ijobiy ulardan ayrimlarini sanab o‘tamiz, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

1. 16 sentyabr kuni Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
2. 22 sentyabr kuni Rio-de-Jeneyroda qatnashib qaytgan paralimpiachilarni mukofotlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
3. 24 sentyabr kuni Bosh vazirning virtual qabulxonasi ish boshladi. Hozirgacha 70 mingdan ziyod murojaatlar qabul qilingan va aksariyati ijobiy hal bo‘lib kelmoqda.
4. 28 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
5. 29 sentyabr kuni Mirziyoyev bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
6. Uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasiga juda ko‘plab murojaatlar tushayotgani sababli, ushbu sohada boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini tashkil etish bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalari tayyorlana boshlandi.
7. Sud-huquq tizimi bo‘yicha murojaatlar juda ko‘p bo‘lganini inobatga olib ushbu sohani isloh qilish bo‘yicha tegishli Farmon qabul qilindi.
8. 15 yillik muammo hal bo‘ldi. Toshkentda yakunlanmagan yo‘l osti metro tizimini qurib bitkazish belgilandi.
9. Korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirildi. 2 oy muhlat ichida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilishi belgilandi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiyaga imzo chekildi.
11. Toshkentning sergeli tumanida er usti tezyurar poezdi qurilishi 4 yil ichida qurib bitkazilish belgilandi.
12. 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
13. Shuningdek, virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlar naqd pul va kartochka, kredit olish, gaz va elektr muammolari ijobiy hal qilinib kelinmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sh.Mirziyoyev boshqaruvi ostida 50 kun. Nima o‘zgardi?