16:03 / 28.10.2016
9 598

Abdulla Oripov nega TVda ko‘rinmaydi? Bosh vazirga ochiq murojaat.

Abdulla Oripov nega TVda ko‘rinmaydi? Bosh vazirga ochiq murojaat.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoil Bosh vazirga ochiq xat yo‘lladi. Xat mazmunida ancha yillardan beri TV va matbuotda ko‘rinmay qolgan yozuvchi va shoirlarni qo‘llab quvatlash so‘ralgan. Sizga Shoirning xatini o‘zgartirmagan holda taqdim etmoqdamiz, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

HURMATLI ShAVKAT MIROMONOVICh !
MEN HAM BARChA INSONLAR QATORI ORZU BILAN YaShAYDIGAN ODAMMAN. KEYINGI PAYTLARDA YuRTIMIZDA ERKINLIK ShABADASI ESIB, BARChA O‘Z ORZU-ISTAKLARINI, ARMONLARINI BILDIRAYoTGAN VA SIZDAN IMDOD KUTAYoTGAN PAYTDA, MEN HAM O‘Z ISTAKLARIMNI BAYoN ETIShGA JAZM QILDIM, AGARKI BU HOHIShLARIM SIZGA MALOL KELSA, UZR SO‘RAYMAN.
SIZNING ShIDDAT VA ShIJOATINGIZ BILAN TADBIRKORLIK SOHASIDA, ADLIYa SOHASIDA, QO‘ShNI DAVLATLAR BILAN DO‘STONA ALOQALAR BORASIDA BIR QANChA XAYRLI IShLAR AMALGA OShIRILMOQDAKI, BUNDAN BEHAD XURSANDMAN VA BU ULUG‘VOR IShLARINGIZGA YaNADA RIVOJ TILAYMAN.
SIZDAN, ADABIYoT SOHASIGA HAM E’TIBOR BERIShINGIZNI O‘TINIB SO‘RARDIM. MANA O‘N YILLARDAN BUYoN, NAVOIY MUKOFOTI SOVRINDORI, O‘ZBEKISTON XALQ ShOIRI, BUGUNGI KUNDA TO‘QSON OLTI YoShNI QARShI OLAYoTGAN, MUHTARAM USTOZ ShUKRULLO NA TELEVIDENIYaGA ChIQADI, NA RADIOGA, NA BIROR DAVLAT GAZETASI BIR PARChA ShE’RINI E’LON QILADI. AXIR BUYuK USMON NOSIRNI KO‘RGAN, OYBEK, G‘AFUR G‘ULOM, MAQSUD ShAYXZODA SINGARI ALLOMALAR YoNIDA YuRGAN BU USTOZ HAMMAMIZNING FAXRIMIZ-IFTIXORIMIZ-KU ?! NEGA BIZ BUNDAY ShOIRNI BOShIMIZGA KO‘TARISh O‘RNIGA, E’TIBORIMIZDAN ChETGA ChIQARIB QO‘YDIK?!
ShUNINGDEK, O‘ZBEKISTON QAHRAMONI ABDULLA ORIPOV HAM O‘N YILLARDAN BUYoN TELEVIZORGA ChIQMAYDI. AXIR XALQIMIZ BU INSONNI SOG‘INGAN, DIYDORIGA MUShTOQ-KU!? O‘ZBEKISTON MADHIYaSINI YoZGAN BU ULUG‘ ShOIR MUSTAQILLIK BAYRAMLARI O‘TQAZILADIGAN, MINGLAB ODAM QATNAShGAN TANTANALARGA NEGA ChAQIRILMAYDI, NEGA KO‘P QATORI BIR ChETDA O‘TIRIB, BAYRAMNI TOMOShA QILIShGA RUXSAT BERILMAYDI!? NEGA YuZ YILLARDA BIR TUG‘ILADIGAN BUNDAY BUYuK ShOIR ShODIYoNALARIMIZDAN BEBAHRA QOLDIRILADI. BUNDAY DARG‘ALARNI HURMAT QILMASLIK, ADABIYoTNI HURMAT QILMASLIK EMASMI?! HURMAT QILINMAGAN ADABIYoT PORAKANDALIKKA UChRAShI ShUNDAN EMASMI?!
ZAHMATKASh XALQIMIZ ShUNINGDEK, ShE’RIYaTIMIZ QIROLIChASI HALIMA XUDOYBERDIEVANI HAM SOG‘INGAN. AMMO AFSUSKI, NA O‘ZBEKISTON TELEVIDENIYaSI, NA RADIOSI O‘N YILLARDAN BUYoN BU BUYuK ShOIRADAN NA INTER’VYu OLADI, NA YuZINI KO‘RSATADI, NA OVOZINI EShITTIRADI. AXIR HALIMA XUDOYBERDIEVADAY ShOIRALAR HAMMA XALQLARDA HAM TUG‘ILAVERMAYDI. XUDO, BUNDAY ShOIRANI BIZNING XALQIMIZGA RAVO KO‘RGAN EKAN, BU BIZNING ULKAN BAXTIMIZ.
ShUNINGDEK, OMON MATJON, JAMOL KAMOL, TURSUNOY SODIQOVA SINGARI ULKAN ISTE’DOD EGALARI HAQIDA HAM ShU SO‘ZLARIMIZNI AYTIShIMIZ VA BU RO‘YXATNI YaNA DAVOM ETTIRIShIMIZ MUMKIN.
MUHTARAM ShAVKAT MIROMONOVICh !
ADABIYoTIMIZNING RIVOJI UChUN, XALQIMIZNING MA’NAVIY KAMOLI UChUN, MILLATIMIZ ZIYNATI BO‘LGAN BU ALLOMA ShOIRU-ShOIRALARGA KATTA SAHNAGA ChIQIShI UChUN IMKON YaRATSANGIZ SIZDAN BEHAD MINNATDOR BO‘LAR EDIK. ShAXSAN, MEN SIZNING XALQPARVARLIGINGIZGA, MILLATPARVARLIGINGIZGA, ADABIYoTIMIZNING ULKAN DO‘STI EKANLIGINGIZGA IShONAMAN. SIZGA TA’ZIM VA EHTIROM BILAN

MUHAMMAD ISMOIL,
O‘ZBEKISTON YoZUVChILAR UYuShMASI A’ZOSI

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulla Oripov nega TVda ko‘rinmaydi? Bosh vazirga ochiq murojaat.