15:10 / 22.01.2025
67

Ayrim mahallalarda kamida bittadan “namunali xavfsiz koʻcha” tashkil qilinadi

Ayrim mahallalarda kamida bittadan “namunali xavfsiz koʻcha” tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi.

Ijtimoiy profilaktika – huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli boʻlganlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam koʻrsatish.

Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun:
  • ma'muriy huquqbuzarlik E-ma’muriy ish'da roʻyxatdan oʻtganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish boʻyicha xulosa ijroga qaratiladi;
  • har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat oʻrnatiladi;
  • har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat oʻrnatiladi “mahalla ettiligi” va koʻmaklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanadi.

Mahalla raisi “mahalla ettiligi” va mahallaga biriktirilgan davlat organlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etadi

Kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda kamida bittadan “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz yoʻlak”lar tashkil qilinadi.

"Namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz yoʻlak”larni tashkil qilgan, kriminogen vaziyati barqarorlashgan “mahalla ettiligi” va sektor rahbarlari hokimliklar tomonidan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston