date
views 212

Yangi uy-joy xaridida keshbek tizimi joriy qilinishi mumkin

Yangi uy-joy xaridida keshbek tizimi joriy qilinishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda uy-joy qurishda asosiy e'tiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi ta'kidlandi. Renovatsiya hisobiga erdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.

Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaharlari, Doʻstlik va poytaxt tumanlarida ishlar yaxshi boshlangani qayd etildi. Ularning tajribasini barcha hududda ommalashtirish kerakligi, avariya holatidagi eskirgan uylarda yashayotgan odamlar buni kutayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Renovatsiya asosida bu yil 20 ming xonadon qurilishini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm resurs berilmoqda.

Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga oʻzi toʻlagan mablagʻining bir qismini keshbek qilib qaytarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi uy-joy xaridida keshbek tizimi joriy qilinishi mumkin