Prezidentning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar oʻrnatishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Jumladan:
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
- Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan fuqaro “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
- Mazkur cheklovlarga rozi boʻlgan hamda vazirlikning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadilar.
Shuningdek, davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
- Bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin emasligi belgilandi.
Bundan tashqari, fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
- Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunida va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar hamda maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
- Mazkur cheklovlar bilan kontrakt tuzishga rozi boʻlgan hamda vazirliklarning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar